Ramazon ro’zasiga yolg’onchilik, dilozorlik va so’kinish qanday ta’sir o’tkazadi?
Musulmonlar > Fatvolar > Ramazon > Savol-javoblar Tarix: 09 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Ro’zador inson birovni so’ksa yoki dilini og’ritadigan haqsiz so’z va haraktni amalga oshirsa ro’zasi buziladimi?

Javob: Agar ro’zador bo’la turib, jaholatdan va yolg’ondan va dil ozorlikdan o’zini tiymagan bo’lsa, demak u kishining tutgan ro’zasi faqatgina kun bo’yi och qolganidan iborat bo’lib qolishi mumkin. Alloh taolo ro’za tutishni farz qilgan oyatida shunday marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

“Ey mo‘minlar! Taqvoli bo‘lishingiz (yomonliklardan saqlanishingiz) uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingani kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi…”  (Baqara 2/183)

Bu oyatga ko’ra, ro’za tutilishining asosiy sababi gunohlardan saqlanib tiyilish va taqvoga ega bo’lib olishdir.
Payg’ambar alayhissalom bu oyatni ochiqlagan holda shunday dedilar:

“Kimki yolg’on gapirishni, yolg’onga ko’ra ish tutishni va jaholatni tark qilmasa, (bilsinki) Alloh uning yemay ichmay och qolishiga (ro’za tutishiga) muhtoj emasdir.” (Buxoriy 1903)

Yolg’on gaplar orasida eng yomoni g’iybat, chaqimchilik, tuhmat, haqorat va so’kishdir. Bundan tashqari:

“Sizlardan biringiz ro’zador holida tong ottirsa yomon gap gapirmasin va johillik qilmasin. Agar boshqasi uni so’ksa yoki u bilan janjallashmoqchi bo’lsa: “Men ro’zadorman, men ro’zadorman”, deb javob bersin” degan ma’nodagi hadisi ham bor. (Buxoriy 1894, Muslim 1151) Hofiz ibn Hajar bu hadisdagi jaholatni “ baqirib gapirish va dilozorlik” deb ochiqlagan.

Yana bir hadisda: “Qancha-qancha ro’zadorlar borki, ularning tutgan ro’zalari faqatgina ochlik-suvsizlikdan iboratdir. Qancha-qancha qoimlar borki, ularning qiyomi faqatgina uyqudan qolishdan iboratdir.” (Ibn Moja 1690)

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
353 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Bilgan-eshitgan narsamni boshqalarga xato qilib aytib bersam nima bo’ladi? 14.09.2019 109
2 Soxta va yolg’on hadislar haqida ma’lumot beruvchi kitoblar 11.08.2019 148
3 Chillali kishilar kechasi tashqariga chiqmasinmi? 02.08.2019 255
4 Bilmasdan fatvo beraversa nima qilgan bo’ladi? 18.07.2019 156
5 Tavba qaysi holatlarda va qachon qabul qilinadi? 08.07.2019 313
6 Sidratul Muntaho nima? 21.06.2019 122
7 Aslida halol bo’lgan bir ishni farqli shakllarda amalga oshirsam bo’ladimi? 20.06.2019 146
8 Maqsad bilan niyatni farqi nima? 18.06.2019 144
9 Faqir kim? 11.06.2019 184
10 Miskin kim? Kimlarga miskin deyiladi? 11.06.2019 169
11 Balog’at yoshi, junublik va g’usl 03.06.2019 357
12 Ramazonda soch oldirsa bo’ladimi? 25.05.2019 198
13 Ramazon oyida xatna qildirsa bo’ladimi? 15.05.2019 164
14 Odat qoni tugagan ayol g’usl qilishidan avval eri bilan qo’shilishi mumkinmi? 12.05.2019 607
15 Homiladorlikda er-xotinlik aloqasi 11.05.2019 757
16 Ramazon oyida ayoliga yaqin kelish mumkinmi? 03.05.2019 4 792
17 Ayollarni sochini qisqartirishi 27.03.2019 356
18 Isro va Meroj (tafsilotlari bilan) 26.03.2019 329
19 Boshqalarni ayblarini aytib kelishsa nima qilishimiz kerak? 20.03.2019 240
20 Bosh yalang namoz o’qish gunohmi? 19.03.2019 919
21 Homilador ayollarni iddasi 19.03.2019 268
22 Ayollarni mahramsiz safarga chiqishi 15.03.2019 375
23 Masjidga kirganda ikki rakaat namoz o’qimasdan o’tirib bo’lmaydimi? 03.03.2019 728
24 Tahajjud namozi qachon o’qiladi? 03.03.2019 7 935
25 Guvohsiz taloq hisobga o’tadimi? 01.03.2019 352
26 Nikohi buziladimi? 28.02.2019 376
27 Chaqaloqlarni albatta ikki yil to’liq emizish Allohni amrimi? 28.02.2019 360
28 Hz. Alini nechta ayoli bo’lgan? Nasli kimlardan davom etgan? 18.02.2019 308
29 Nos tahoratni buzadimi? 15.02.2019 585
30 Nafl (ixtiyoriy) ro’zani qanday amallar buzadi? 13.02.2019 330
31 Nazrini ado etish va nazr qilib so’yilgan hayvon go’shtidan iste’mol qilish. 12.02.2019 263
32 Namozda niyat tilda bo’ladimi yoki dildami? 11.02.2019 556
33 Yel tahoratni buzadimi? 09.02.2019 1 155
34 Assalomu alaykum… 03.02.2019 371
35       Rasulullohga so’ngi oyat nozil bo’lmay turib hukm berish taqiqlanganmi? 11.01.2019 226
36 Nasx kalimasi Qur’onda qaysi ma’nolarda qo’llanilgan? 10.01.2019 288
37 Tijorat mollaridan zakot berishga dalil bormi?   09.01.2019 279
38 Hanafiylikda musofirlik muddati qaysi qiyos bilan belgilangan? 08.01.2019 298
39 Payg’ambarimizning har bir xatti-harakati biz uchun sunnatmi? 07.01.2019 249
40 Qiyin ahvolga tushib qolgan kishi kredit olsa bo’ladimi? 04.01.2019 592
41 Qur’on nima uchun Arabcha? 26.12.2018 330
42 Homilani oldirish mumkinmi? 23.07.2018 2 800
43 Ilohiy kitoblar 4 ta va 100 sahifa deb bilamiz, shu to’g’rimi? 21.07.2018 368
44 Avvalgi ummatlarga ham zakot farz qilinganmi? 18.06.2018 150
45 Ota-onasi va farzandlariga nega zakot berib bo’lmaydi? 18.06.2018 193
46 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 1 194
47 Ramazon ro’zasiga yolg’onchilik, dilozorlik va so’kinish qanday ta’sir o’tkazadi? 09.06.2018 353