Musulmonlar oila qurishdan oldin nimalarga e’tibor berishlari kerak
Musulmonlar > Fatvolar > Oila hayoti Tarix: 09 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Turmush o’rtog’ tanlashda nimaga e’tibor berishimiz kerak? Bu masalada Qur’onning asosiy mezonlari qanday?

Javob: Turmush o’rtog’ini tanlash bo’yicha oyatlar quyidagilardir:

1) Turmush qurishda avvalo imon-e’tiqod juda muhimdir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“Toki imonga kelmagunlaricha mushrika ayollarga uylanmangiz! Shubhasizki, ozod mushrika ayoldan – garchi u sizga yoqsa-da, imonli cho‘ri yaxshiroqdir. Toki imonga kelmagunlaricha mushrik erkaklarga qiz bermanglar! Shubhasizki, ozod mushrikdan – garchi u sizga yoqsa-da,- imonli qul yaxshiroqdir. Ular (mushriklar) do‘zaxga chaqiradilar. Alloh o‘z izni-irodasi bilan jannatga da’vat qiladi va odamlar eslatma olishlari uchun o‘z oyatlarini bayon qiladi.” (Baqara 2/221)

2) Juftlarning har biri nomusli, yashirincha do’stlashib yurmagan, nikohni shunchaki ko’ngilhushlik deb bilmaydigan kishilar bo’lishi kerak. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

“…Nomusli yashashingiz va zinodan saqlanish sharti bilan, bulardan boshqa ayollar bilan nikohlanishingiz halol qilindiki, mol-u davlatingiz evaziga ularni talab qiling.” (Niso 4/24)

3) Taraflardan hech biri avval zino qilmagan bo’lishi kerak, agar qilgan bo’lsa mutlaqo tavba qilib o’zini tuzatgan bo’lishi shart. Alloh taolo bu haqda shunday marhamat qiladi:

“Zino qilgan erkak zino qilgan ayol bilan, yoki mushrika bir ayol bilan turmush qurishi mumkin. Zino qilgan ayol bilan esa, faqatgina zino qilgan erkak, yoki mushrik bo’lgan bir erkak bilan turmush qurishi mumkin, xolos. Bular (Nikohdan avval zinoga qo’l urgan erkak-ayol) Mo’minlarga harom qilindi. (Nur 24/3)

Ammo, bundan keyin tavba qilib tuzalganlar bundan mustasnodir. Shubhasizki, Alloh kechirimli va marhamatlidir.” (Nur 24/5)

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
247 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ayolimga: “Ey malagim”, qizimga esa: “Farishtaginam”, desam bo’lmaydimi? 20.07.2019 117
2 Biz sun’iy yo’l orqali bolaga ega bo‘lishni xohlaymiz. 19.07.2019 47
3 Ayol o’z ixtiyori bilan eridan ajrashi 10.07.2019 180
4 Yashirincha nikoh hisobga o’tadimi? 09.07.2019 145
5 Aslida halol bo’lgan bir ishni farqli shakllarda amalga oshirsam bo’ladimi? 20.06.2019 89
6 Homiladorlikda er-xotinlik aloqasi 11.05.2019 512
7 Nikohi buziladimi? 28.02.2019 288
8 Chaqaloqlarni albatta ikki yil to’liq emizish Allohni amrimi? 28.02.2019 290
9 Hz. Alini nechta ayoli bo’lgan? Nasli kimlardan davom etgan? 18.02.2019 241
10 Таҳоратсиз ҳолда бола эмизиш мумкинми? 10.09.2018 150
11 Никоҳда эътибор берилиши керак бўлган энг муҳим жиҳатлар 10.09.2018 281
12 Qur’on va Sunnatda yoshlarni nikohlash bormi? 13.08.2018 693
13 Qur’on va Sunnatga ko’ra taloq 09.08.2018 3 423
14 Ayol kishiga qo’l ko’tarishga kim ruxsat berdi? 22.07.2018 545
15 Ota-onasi qilgan gunohning kasri (kasofati) bolasiga uradimi? 25.06.2018 195
16 Musulmonlar oila qurishdan oldin nimalarga e’tibor berishlari kerak 09.06.2018 247