Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar
Musulmonlar > Kufr > Qur'oni Karim > Shaytonning tuzog'lari > Shirk Tarix: 09 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Shirk – Shaytonning butun insoniyatga qarshi qurgan eng katta tuzog’idir.
Shayton Alloh taolo tarafidan la’natlanib, qiyomatgacha yashashga ruxsat olishi bilanoq shunday dedi:

قَالَ فَبِمَا أَغْوَيْتَنِي لأَقْعُدَنَّ لَهُمْ صِرَاطَكَ الْمُسْتَقِيمَ
ثُمَّ لآتِيَنَّهُم مِّن بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ وَعَنْ أَيْمَانِهِمْ وَعَن شَمَآئِلِهِمْ وَلاَ تَجِدُ أَكْثَرَهُمْ شَاكِرِين

“ …Ular (Odam va uning nasli) uchun, sening to’g’ri yo’ling ustida o’tirishga qasam ichaman. So’ngra oldilaridan, orqalaridan, o’ng va chap taraflaridan (adashtirish uchun) kelaman. Ko’rasan; ularning ko’pchiligi Senga shukr etmaydilar.” ( A’rof 7/16-17)
Shayton insondan va jindan bo’ladi[1] va tuzog’ini to’g’ri yo’lning o’rtasiga quradi. Uning eng asosiy tuzog’i shirkdir. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

إِنَّ اللّهَ لاَ يَغْفِرُ أَن يُشْرَكَ بِهِ وَيَغْفِرُ مَا دُونَ ذَلِكَ لِمَن يَشَاء وَمَن يُشْرِكْ بِاللّهِ فَقَدِ افْتَرَى إِثْمًا عَظِيمًا

“Alloh, o’ziga sherik qo’shilishini kechirmaydi, undan boshqasini  (gunohlarni esa, kecherilishga munosib bo’lganlardan[2] kechiradi… ” (Niso 4/48)
Shirk- sherik qo’shishdir. Allohga shirk qo’shish-unga xos bo’lgan xususiyatlardan birini yoki bir qanchasini Allohdan boshqa biron borliqqa nisbat berishdir. Bu borliq ko’pincha Allohga yaqin deb yoki dindor deb tanilgan odamlar bo’lib chiqadi. Shaytonlar, ularni Allohning do’sti ekanini, Alloh bilan ularning o’rtasida bo’lib o’tadigan ishlarda, ularga yordamchi bo’lishlarini, vositachi va shafoatchi ekanini fisirlaydilar. Ularga taslim bo’lish kerakligini qayta-qayta takrorlaydilar. Aql va Qur’on, bu tuzoqning eng katta va ochiq qo’rg’onidir. Shaytonlar, Allohning chegalarasini buzdirish va yo’ldan chiqarish uchun, bu din aql ishi emas balki, ko’ngil ishi deydi va Qur’onni hamma ham tushuna olmaydi deb ta’kidlaydilar. Insonlarning oldilariga o’zlari tomonidan muqaddaslashtirilgan boshqa kitoblarni qo’yib, faqatgina o’sha kitoblarni o’qishni tavsiya qilishadi va bu yo’lda qattiq harakat qilishadi. Bu tuzoqqa tushganlar, Qur’onga bo’lgan hurmatlarini yo’qotmasalar-da ammo, Qur’onni tushuna olmaymiz deb o’ylab, uni o’zlaridan uzoq tutadilar va Qur’onni tushunib o’qishni o’rniga, Arab tilidagi matnni o’qish va eshitish bilangina kifoyalanib qoladilar. So’nra bu shaytonlar, o’zlari to’qib chiqargan boshqa turli yangicha bid’at va xurogotga asoslangan ibodatlarni xalq ichida targ’ib qilib, bu ibodatlarni bajargan shaxslar eng to’g’ri yo’lda ekaniga ishonch hosil qilishi uchun tinmay urunadilar.
Insonlar ham, ularni Allohni do’stlari deb o’ylab, ularga asta sekin qul va mute’ bo’lishni boshlashadi. Natijada, Allohga bo’lgan ishonchlari asta sekin so’nib, to’g’ri yo’ldan aloqalari uzilib boradi. Buning eng achinarlisi shuki, ular o’zlarini to’g’ri yo’ldamiz deb o’ylaydilar. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَمَن يَعْشُ عَن ذِكْرِ الرَّحْمَنِ نُقَيِّضْ لَهُ شَيْطَانًا فَهُوَ لَهُ قَرِينٌ
وَإِنَّهُمْ لَيَصُدُّونَهُمْ عَنِ السَّبِيلِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ

“Kimki Rahmonning zikriga (Qur’onga) xira qarasa, boshiga bir shaytonni o’rab qo’yamiz. Endi u, uning yaqin do’sti bo’ladi. Ular bu kabilarni yo’ldan adashtiradilar, ammo ular o’zlarini to’g’ri yo’ldamiz deb o’ylaydilar.” (Zuxruf 43/36-37)
Alloh nomidan gapirish ham, ko’pchilik insonlar tushgan tuzog’lardan biridir. Bu xususda avvalo Allohning kuchiga, yoki ustozlarining so’zlariga yo bo’lmasa, ba’zi kitoblardagi xurofotlarga suyanadilar. Noto’g’ri gap gapirmaslik uchun, avvalo Qur’onga murojaat qilish kerak. Bunday xatolarni qo’llab quvvatlaydigan darajada oyatlarni buzib tarjima va tafsir qilinishi esa, g’ishtni qolipidan chiqarib yuboradi.

وَمَا كَانَ اللّهُ لِيُضِلَّ قَوْمًا بَعْدَ إِذْ هَدَاهُمْ حَتَّى يُبَيِّنَ لَهُم مَّا يَتَّقُونَ إِنَّ اللّهَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ

“Alloh bir qavmni yo’lga solgandan so’ng, saqlanishlari kerak bo’lgan narsani ularga op-ochiq qilib bildirmagunigacha, ularni yo’ldan chiqishini tasdiqlamaydi. Alloh har narsani biladi.” (Tavba 9/115)

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَى عَلَى اللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِالْحَقِّ لَمَّا جَاءهُ أَلَيْسَ فِي جَهَنَّمَ مَثْوًى لِّلْكَافِرِينَ

وَالَّذِينَ جَاهَدُوا فِينَا لَنَهْدِيَنَّهُمْ سُبُلَنَا وَإِنَّ اللَّهَ لَمَعَ الْمُحْسِنِينَ

“Alloh haqida yolg’on to’qigan, unga haqiqat kelganda yolg’onga osilgandan ham zolimroq (haqsizroq) kim bor­? O’zlarini haqiqatlardan to’skanlarga jahannamda yer yo’qmi? Bizni yo’limizda jasorat ko’rsatkanlarni albatta yo’llarimizga yo’llaymiz (yo’llarimizni ko’rsatamiz, yo’lini ochib qo’yamiz). Albatta Alloh, hayotini chiroyli davom etkazganlar bilan birgadir.” (Ankabut 29/68-69)
[1]     An’om 6/112, Nas 114/6.

[2]     Oyatta  o’zagi “shay’” – شَيْءٍ  o’zagidan turagan fe’l bor. Har bir fe’l, o’z o’zagi bilan bir hil ma’no bildiradi. Shay’ kalimasi, masdarda biron narsani bor qilish, paydo qilish, ijod etish ma’nolarini anglatadi. Bir oyat shundaydir:   “Bo’lishini xohlagan narsamizga aytadigan narsamiz: “bo’l” deyishdir xolos. So’ngra u bo’ladi.” (Nahl 16/40) Inson biron narsa paydo qilmoqchi bo’lsa, talab qilingan shartlarini bajarishi kerak. Alloh ham u narsani tanlab, “bo’l” desagina o’sha narsa paydo bo’ladi. Xulosa shuki; agar sha’a fe’lining foili inson bo’lsa, tanlab bajardi degan ma’no beriladi, agar sha’a fe’lining foili Alloh bo’lsa, tanlab va afzal ko’rib yaratdi degan ma’no beriladi. Ma’lumot uchun: Abdulaziz Bayindir, Qur’on nuri ostida To’g’ri Deb Bilgan Xatolarimiz (Istanbul 2014) 183-vd.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
275 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Ibodat va Shirk (Tariqatchilikka Nazar 23- bo’lim) 20.05.2019 96
2 Shafoat (Tariqatchilikka Nazar 21- bo’lim) 16.05.2019 87
3 Shayxlarga vahiy kelishi (Tariqatchilikka Nazar 14- bo’lim) 20.04.2019 136
4 Musulmonlarni cho’ktirgan shirk (Tariqatchilikka Nazar 9- bo’lim) 12.04.2019 141
5 Favqulodda kuch manbai (Tariqatchilikka Nazar 7- bo’lim) 30.03.2019 179
6 G’ayri oddiy yo’llar orqali yordam (Tariqatchilikka Nazar Solish 6- bo’lim ) 30.03.2019 139
7 Shayx Himmati va Duo (Tariqatchilikka Nazar Solish 5- bo’lim) 28.03.2019 148
8 Avliyo yordami (Tariqatchilikka Nazar Solish 4- bo’lim) 28.03.2019 156
9 Har bir Musulmon Avliyodir (Tariqatchilikka Nazar 3- bo’lim) 28.03.2019 162
10 O’rtakashlik, Vasila va Vosita (Tariqatchilikka Nazar Solish 2- bo’lim ) 28.03.2019 162
11 Islomga kirgizilmoqchi bo’lgan renkarnatsion (ruh ko’chish) tushunchasi 09.07.2018 289
12 G’oyibona ko’rib-eshitib yordam bera olish yolg’iz Allohga xos 09.07.2018 220
13 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 265
14 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 272
15 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 284
16 O’likdan yordam so’rash 13.06.2018 220
17 G’oyb haqidagi noto’g’ri tushunchalar (katolik va soxta diniy jamoalardan o’rnaklar) 13.06.2018 214
18 Vasila va vosita qilishdagi noto’g’ri harakatlar 13.06.2018 318
19 Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar) 12.06.2018 230
20 Dindorlarni Xudolashtirish (Nurchilardagi soxta avliyolik, muridlarini ma’naviy boshqaruv ostiga olishga urinishi) 12.06.2018 258
21 Taoizmga ko’ra vositachilik 11.06.2018 205
22 Katoliklardagi vositachilik e’tiqodi (Barcha soxta diniy jamoatlarda ham bir xil) 11.06.2018 285
23 Vositachilik e’tiqodi 11.06.2018 280
24 Aql shirkni, Qur’on esa aqlsizlikni qabul qilmaydi 11.06.2018 409
25 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 196
26 Mushrik o’zini mushrik deb tan olmaydi 11.06.2018 238
27 Mushrik – vositachilarning shafoatiga ishonadi 11.06.2018 200
28 Vositachilarga ishonish mushrikning asosiy ishidir 11.06.2018 206
29 Mushrik ham Allohga ibodat qiladi 11.06.2018 223
30 Allohga ishongan mushriklar 11.06.2018 177
31 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 213
32 O’zlarini tangri qilib olganlar 11.06.2018 197
33 Alloh va elchilarini o’rtasini ajratish 10.06.2018 193
34 Kofirlik va itoatsizlik sababini Allohga to’ngash 09.06.2018 203
35 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 275
36 Kufr va shirk 09.06.2018 320