Allohga noto’g’ri tavakkal qilish (To’g’ri deb bilingan xatolarimizdan biri)
Musulmonlar > Duo > Maqolalar > Qur'on va Musulmonlar Tarix: 09 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Qur’onga ko’ra to’g’ri tavakkal

Tavakkal – bir ishda ojiz qolganini tan olib uni boshqasiga topshirishdir. Allohga tavakkal esa – bir narsaga ega bo’lish uchun kerakli bo’lgan barcha choralarni ko’rib, qolganini Allohga topshirishdir. Taassufki, tavakkal vaqti-vaqti bilan insonlar o’zlarini umuman qiynamasdan, “butun ishlarni Allohga topshirish” degan tushunchaga o’zgartirib olishgan va shunday e’tiqotda davom etmoqdalar. Ba’zi oyatlar ham bu noto’g’ri tushunchaga moslashtirilib tarjima va tafsir qilinishi natijasida, tanballik va yalqovlikka yo’l ochilib, taraqqiyot va rivojlanish uchun butun yo’llar yopib tashlangan va butun javobgarlikni Allohga yuklab (to’ngab) qo’yish sistemasi diniy bir qoida deb ta’riflanib o’rtaga qo’yilgan. Holbuki, Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَأَن لَّيْسَ لِلْإِنسَانِ إِلَّا مَا سَعَى

“Insonning o’z qilgan ishidan boshqasi uniki emas.” (Najm 53/39) Ya’ni, inson xoh bu dunyoda xoy u dunyoda bo’lsin, qo’lga kiritishi mumkin bo’lgan yagona narsasi – uning o’z qo’llari va o’z kuchi bilan harakat qilib erishgan narsasi va o’z ishining mahsulidir. Na birovning savobiga ega bo’lishi va na qilmagan ishiga savob umit qilishi mumkin. Bunday e’tiqod Islom dinida yo’qdir.         

فَإِذَا قَضَيْتُم مَّنَاسِكَكُمْ فَاذْكُرُواْ اللّهَ كَذِكْرِكُمْ آبَاءكُمْ أَوْ أَشَدَّ ذِكْرًا  فَمِنَ النَّاسِ مَن يَقُولُ رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا وَمَا لَهُ فِي الآخِرَةِ مِنْ خَلاَقٍ  وِمِنْهُم مَّن يَقُولُ رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الآخِرَةِ حَسَنَةً وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ  أُولَئِكَ لَهُمْ نَصِيبٌ مِّمَّا كَسَبُواْ وَاللّهُ سَرِيعُ الْحِسَابِ

“… Zotan odamlar orasida shunday kimsalar borki: “Robbimiz! Bizga mana shu dunyoda ber”, deydi. Endi unga Oxiratda hech qanday nasiba yo’q. Va ularning orasida shundaylar ham borki: “Robbimiz! Bizga bu dunyoda ham yaxshilik ber, oxiratda ham yaxshilik ber va bizni otash azobidan asragin”, deydilar. O’shalarning hammasi uchun o’z qilgan (kasb) ishlaridan nasiba bor. Allohning hisob-kitobi tezdir.” (Baqar 2/200-202)

Demak, dunyoligini istagan inson albatta ishlashga va mehnat qilishga majbur. Ham dunyo va ham oxiratni istagan kishi ham mehnat qilishi kerak. Mehnat qilmaganga hech narsa yo’q. Muvaffaqiyatning ikki sharti bor: Birinchisi to’g’ri tanlovda bo’lishi, ikkinchisi esa, kerakli kuchga ega bo’lib mehnat qilishdir. Alloh taolo shunday mahramat qiladi:

إِنَّ رَبَّكَ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَن يَشَاء وَيَقْدِرُ إِنَّهُ كَانَ بِعِبَادِهِ خَبِيرًا بَصِيرًا

“Robbingiz rizqni – to’g’ri tanlovga ega bo’lgan va kerakli kuchga sohib bo’lgan[1] kishiga – keng qilib beradi. U, qullarining ichini ham biladi va har narsani ko’radi.” (Isro 17/30)

Yer yuzida pishloq, non, osh va shu kabi tayyor yegulik mahsulotlar aslo yo’q. Ammo, Alloh unday rizqlarni qanday qilib tayyorlashni o’rgatti va bunga imkon bedri. Bu imkonlardan foydalanmaganlar, u ne’matlarga ega bo’lolmaydi. U shunday marhamat qildi:

وَقَدَّرَ فِيهَا أَقْوَاتَهَا فِي أَرْبَعَةِ أَيَّامٍ سَوَاء لِّلسَّائِلِينَ

“…Oziq-ovqatlarni o’lchovini to’rt kunda barpo qilib, istaganlar uchun muvozanatli bir shaklda yoyib bergan Udir.” (Fussilat41/10)

Kimki kerakli ishni qilsa, ne’matlarni qo’lga kirita oladi. Alloh taolo shunday mahramat qiladi:

وَتَرْزُقُ مَن تَشَاء بِغَيْرِ حِسَابٍ

“…Tanlaganinga behisob rizq berasan.” (Oli Imron 3/27)

Imkonlarimiz bo’la turib, kerakli kuchga ega bo’lmasak yoki, kuchumiz bo’la turib hatti harakat qilmasak, hech narsaga erisha olmaymiz. Shu sababli, kerakli kuchga ega bo’lish va unga ko’ra harakat qilishimiz kerak. Qurg’oqchilik, o’ta ko’p yog’ingarchilik yoki zilzila kabi talofatlarga qarshi kuchumiz yetmagani tufayli, barcha ehtiyotkorlik chora tadbirlarimizni olganimizdan keyingina Allohga tavakkal qilishimiz kerak.
Tafsir va tarjimalarda ba’zi oyatlarga noto’g’ri ma’no berilishi oqibatida, Allohga bo’lgan tavakkal no’to’g’ri tushuniladigan holga kelib qolgan. Masalan, yuqoridagi Isro 17/30 oyatiga shunday ma’no berilgan:

إِنَّ رَبَّكَ يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَن يَشَاء وَيَقْدِرُ إِنَّهُ كَانَ بِعِبَادِهِ خَبِيرًا بَصِيرًا

“Albatta, Robbing rizqini kimga xohlasa keng qilur yoki tor qilur. Albatta, U bandalaridan xabardor va (ularni) ko’rguvchi zotdir.”

Farqli ma’noning sababi, oyattagi “شَاء sha’a-istak-xohish” va “yaqdiru-kuchi yetgan” fe’llarning foili bo’lgan “u” zamirini Robga qaytarilishidan kelib chiqqan. Arab tilida, zamir eng yaqinni ko’rsatadi, uzoqdagiga ishora qilishi va qaytarilishi uchun esa, bir “qoriyna” kerak bo’ladi. Bunday bir qoriyna bo’lmagani tufayli, bu oyattagi zamir “man” kalimasini ko’rsatadi.
Aslida qilinishi kerak bo’lgan to’g’ri ma’no shunday:

قُلْ إِنَّ رَبِّي يَبْسُطُ الرِّزْقَ لِمَن يَشَاء مِنْ عِبَادِهِ وَيَقْدِرُ لَهُ وَمَا أَنفَقْتُم مِّن شَيْءٍ فَهُوَ يُخْلِفُهُ وَهُوَ خَيْرُ الرَّازِقِينَ

“Aytingki: “Robbim yo’lni to’g’ri tanlagan va yetarli kuchga ega bo’lgan qullari uchun rizqni keng qilib beradi…” (Saba’ 34/39)

[1]     Qadar- o’lchovdir, oyatga shunga ko’ra ma’no berilgan.

 

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
480 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Maxfiy Ilmlar, Ilmi Ladun (Tariqatchilikka Nazar 18- bo’lim) 26.04.2019 120
2 Assalomu alaykum… 03.02.2019 218
3 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 161
4 Isro va Meroj 19.11.2018 372
5 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 321
6 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 247
7 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 337
8 Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar 12.08.2018 225
9 Musulmonga musulmondan boshqasi yaqin va ishonchli do’st bo’la oladimi? 28.07.2018 197
10 Diniy javobgarlik qachon boshlanadi? ​(lotin/кирил)​ 23.07.2018 214
11 Muhammad alayhissalomning ummatiga qoldirgan merosi 22.07.2018 179
12 Qur’onni o’rganish va uni o’rgatish 22.07.2018 164
13 Nafs tarbiyasi uchun halol narsalardan voz kechish kerakmi? 21.07.2018 151
14 Diniy idoraning sobiq bosh kotibi bilan olib borilgan suhbat 09.07.2018 393
15 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 192
16 Musulmonning oiladagi odob-axloqi 29.06.2018 149
17 “Sizlar uchun Rosulullohda o’rnak bordir” oyatni qanday tushunamiz? 26.06.2018 142
18 Qur’onda Musulmonni kimlar bilan birga o’tirishi taqiqlangan ? 26.06.2018 170
19 Din aql ishi emas degan gapga Qur’on nima deydi? 25.06.2018 241
20 Qur’onga ko’ra “avliyo” 25.06.2018 216
21 Alloh uchun yaxshi ko’rish va Alloh uchun yomon ko’rish nima degani? 25.06.2018 419
22 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 211
23 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 678
24 Allohga noto’g’ri tavakkal qilish (To’g’ri deb bilingan xatolarimizdan biri) 09.06.2018 480
25 Dinda firqalanmaslik va bir bo’lib Qur’onni mahkam ushlashlik 09.06.2018 218
26 “Men Musulmonman!” deyish yetmaydimi? 08.06.2018 146
27 Hikmat nima o’zi? 08.06.2018 131