Qur’on o’rganamiz
Musulmonlar > Maqolalar > Qur'on va Muhammad alayhissalom > Qur'oni Karim Tarix: 08 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

QUR’ONNI QUR’ONDAN O’RGANAMIZ

1) Qur’onni nozil bo’lishi.

“Hech shubhasiz-ki bu Qur’on, eng to’g’ri yo’lga boshlaydi.”[1] “Albatta u g’olib bir Kitobdir. Unga botil aralashmagan, aralashmaydi ham. Bu, to’g’ri qaror berguvchi va har bir ishini chiroyli qilguvchi Alloh tarafidan nozil qilingandir.”[2] “U, tortishuvni kesguvchi kesin-o’tkir so’zdir. U, hazl-huzl emasdir.”[3] Bu Qur’on, to’qib chiqarilishi mumkin bo’lgan so’z emasdir. Aksincha, avvalgi kitoblarni o’z ichidagilar bilan tasdiq qilguvchi, har narsani ochiqlovchi, ishonib suyangan bir qavm uchun yo’l ko’rsatguvchi rahbar va yaxshiligdir.”[4] “U, insonlarga yetakchi, to’g’ri yo’lga boshlovchi va haq bilan botilni ajratib berguvchi ravshan oyatlardir.”[5] “U, hurmatli Qur’ondir”[6] “U, ulug’ Qur’ondir.”[7] “U, ravshan Qur’ondir.”[8] “Bu, butun insoniyatga haqiqatlarni ko’rsatib berguvchidir, ishonib suyangan bir qavm uchun esa, yo’l ko’rsatguvchi bir rahbar va rahmatdir.”[9] “Bu muborak bir Kitobdir. Biz uni, insonlar – uning oyatlari ustida rafakkur qilishlari va sof aql egalari nasihat olishlari uchun senga nozil qildik.”[10] “Biz Qur’onni tushunish uchun oson qildik. Tushunguvchi bormi?”[11] “Biz senga – har narsani aniq qilib ochiqlab berishi va to’g’ri yo’lni ko’rsatish uchun, Musulmonlarga rahmat va xushhabar bo’lsin deb – bu Kitobni bo’lib-bo’lib nozil qildik.”[12]

2) Quronni vahiy yo’li orqali nozil bo’lishi.

“Ey Muhammad! Bu Qur’onni senga bo’lib-bo’lib Biz nozil qildik Biz.”[13] “Shunday qilib, buni senga Arabcha Quq’onlar holida nozil qildik…”[14] “Botib ketayotgan yulduzga qasamki, sizlarning sohibingiz (ya’ni Muhammad alayhis-salom) zalolatga ham ketgani yo‘q, yo‘ldan ham ozgani yo‘q! Va u (sizlarga keltirayotgan Qur’onni) o‘z havoyi-xohishi bilan so‘zlamas. U (Qur’on) faqat (Alloh tomonidan payg‘ambarga) vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir.Unga (bu vahiyni) bir kuchga to‘lgan, sohibi qudrat (ya’ni Jabroil alayhis-salom) ta’lim bermishdir. Bas, u (avval) yuksak ufqda (ko‘rinib), tik turdi.So‘ngra yaqinlashib, pastladi.Bas, (Muhammad alayhis-salomga) ikki kamon oralig‘ida yo (undan-da) yaqinroq bo‘lib. (Alloh) o‘z bandasi (Muhammad alayhis-salom) ga tushirgan vahiyni keltiradi. (Payg‘ambarning) ko‘ngli ko‘rgan narsasini inkor etmadi. (Ya’ni Jabroil farishtaning suratini ko‘rib, payg‘ambarning ko‘ngli ham qanoatlandi va uning Alloh taolo tomonidai farishta ekaniga iymon keltirdi). Uni ko’rgan narsasiga haliham shubha bilan qaraysizlarmi?![15]

3) Qur’on mislsiz bir Kitobdir

“Agar biz o’z qulimizga tushirgan narsadan (Qur’ondan) shak-shubhada bo‘lsangiz, u holda huddi shunday birgina sura keltiring va Allohdan o‘zga guvohlaringizni chaqiring – agar rostgo‘y bo‘lsangiz. Endi, agar bunday qilolmasangiz — hargiz qilolmaysiz ham — u holda odamlar va toshlar o‘tin bo‘ladigan, kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zaxdan qo‘rqing.”[16] “Yoki: «Uni (ya’ni, Qur’onni Muhammad) to‘qib chiqargan», deydilarmi? Ayting: «U holda, agar rostgo‘y bo‘lsangizlar, Allohd bilan orangizga qo’yib – kuchingiz yetgan barcha yordamga chaqira oladigan kishilaringizni – chaqirib, huddi shu kabi o‘ntagina «to‘qilgan» sura keltiringchi!»[17] “Ayting: «Qasamki, agar barcha insonlar va jinlar mana shu Qur’onni bir xilini keltirish yo‘lida birlashib, bir-birlariga yordamchi bo‘lsalar-da, uning o‘xshashini keltira olmaydilar.»[18] “Axir ular Qur’on haqida fikr yuritmaydilarmi?! Agar u (Qur’on) – Allohdan boshqa birov tomonidan bo’lganida, unda ko‘p qarama-qarshiliklarni topgan bo‘lar edilar-ku?!”[19]

4) Qur’on hayot rahbaridir

“Axir ular Qur’on haqida fikr yuritmaydilarmi?! Balki dillarida qulflari bordir, (shuning uchun u dillarga Qur’on nuri yetmayotgandir)?!”[20] “Iymon keltirgan zotlar uchun dillari Allohning zikriga va nozil bo‘lgan Haq-Qur’onga moyil bo‘lish (vaqti) kelmadimi? (Shuningdek ular uchun) ilgari kitob ato etilgan, so‘ng (ular bilan payg‘ambarlari o‘rtasidagi) muddat uzaygach, dillari qotib ketgan kimsalar (ya’ni, yahudiy va nasroniylar) kabi bo‘lib qolmaslik (vaqti kelmadimi)? Ulardan (yahudiy va nasroniylardan) ko‘plari fosiq-itoatsizdirlar!”[21]

5) Muhammad alayhissalomning vazifasi

“Ey Elchi, sizga Robbingiz tomonidan nozil qilingan narsani yetkazing!, Agar (bu farmonga amal) qilmasangiz, Uning elchiligini (bandalariga) yetkazmagan bo‘lasiz, Allohni o’zi Sizni odamlardan saqlaydi. Albatta Alloh, kofir qavmni hidoyat qilmaydi.”[22] “Sening vazifang tablig’ qilishdan (senga nozil qilingan narsani ularga yetkazishdan) iboratdir.”[23] “Bu Elchining vazifasi, faqat tablig’ qilishdur.”[24] “Elchimizning vazifasi tablig’dan iboratdir.”[25] “Robbingdan senga vahiy qilingan Qur’onga ergash.”[26] “Sen o’zinga nozil qilingan narsa – Qur’onni mahkam ushla! Albatta sen to’g’ri yo’ldasan.”[27] “Biz ular (kofirlar) aytayotgan so‘zlarni juda yaxshi bilamiz. (Ey Muhammad), siz ularning ustida (dinu-iymonga) zo‘rlaguvchi emassiz. Bas, ushbu Qur’on bilan Mening (kofirlarni azob-uqubatga giriftor qilish haqidagi) va’damdan qo‘rqadigan kishilarga pand-nasihat qiling.”[28]

6) Muhammad alayhissalomni, ummatlariga Qur’on haqidagi fe’liy va qovliy vasiyati

“Men, o’zimga vahiy qilingan Qur’onga ergashaman.”[29] “Mendan bir dona oyat bo’lsa ham yetkazinglar.”[30] “Men sizlarga Allohning Kitobi Qur’onni tashlab ketyapman, uni mahkam ushlasangizlar adashmaysizlar.”[31]

7) Insonlarning Qur’on oldidagi mas’uliyatlari

“Ey insonlar! Sizlarga Robbingiz tarafidan nozil qilingan Qur’onga ergashinglar.”[32] “Hammangiz bir bo’lib, Allohning Qur’onini mahkam ushlanglar, bo’linmanglar.”[33]

8) Qur’on kimlarga foyda berishi va kimlarga ziyon berishi

“Biz, mo‘minlar uchun Qur’ondan shifo va rahmat bo‘lgan oyatlarni nozil qilyapmiz. (Lekin bu oyatlar) zolim-kofir kimsalarga faqat ziyonni orttiradi.”[34] “Alloh eng go‘zal So‘zni (oyatlari fasohat va balog‘atda) bir-biriga o‘xshagan, (ichidagi hukmlari) takror-takror kelguvchi bir Kitob-Qur’on qilib nozil qildiki, (undagi Allohning azobi haqidagi oyatlarni tilovat qilganlarida) Parvardigoridan qo‘rqadigan zotlarning terilari titrab ketadi, so‘ngra terilari – badanlari ham, dillari ham Allohning zikriga yumshaydi – moyil bo‘ladi. Mana shu (Kitob) Allohning hidoyatidirki, unga to’g’ri yo’lni tanlagan kishilarni hidoyat qiladi. Va kimni Alloh yo‘ldan ozdirsa, endi uni biron hidoyat qilguvchi bo‘lmaydi.”[35] “Allohning oyatlarini va Unga ro‘baro‘ bo‘lishni inkor qilgan kimsalar, ular Mening marhamatimdan noumid (mahrum) bo‘lgan kimsalardir va ular uchun alamli azob bordir.”[36] “Ey insonlar, sizlarga Robbingizdan ochiq bir dalil keldi. Sizlarga har narsani ochiqlab berguvchi bir nur (Qur’on) nozil qildik. Alloh – O’ziga ishonib-suyangan va u Nurni (Qur’’onni) mahkam ushlaganlarni, fazli va marhamatiga sazovor qiladi va ularni, O’ziga olib borguvchi to’g’ri yo’lga yetaklaydi.”[37] “Agar Biz (Qur’onni) ajamiy (ya’ni arab tilida bo‘lmagan) Qur’on qilganimizda, albatta ular: «Uning oyatlari (bizlarning tilimizda) bayon qilinmabdi-da. (Muhammadning o‘zi) arab-ku, (nega unga) ajamiy (Qur’on tushibdi?)» degan bo‘lur edilar. Ayting: «(Ushbu Qur’on) iymon keltirgan zotlar uchun hidoyat va (dillaridagi shak-shubhani ketkazuvchi) shifodir. Iymon keltirmaydigan kimsalarni esa quloqlarida og‘irlik-karlik bordir va (Qur’on) ularga ko‘rlik (ya’ni qop-qorong‘i zulmat) bo‘lur. Ular (go‘yo) uzoq bir joydan chaqirilayotgan kishilar kabidirlar, ya’ni garchi Qur’on oyatlarini eshitsalar-da, uning ma’no-hikmatlarini anglay olmaslar).”[38]

9) Qur’onga amal qilganlarning mukofoti

“Mana shu – Biz nozil qilgan muborak Qur’ondir! Bas, unga ergashinglar va (Allohdan) qo‘rqinglar! Shoyad yaxshilikka erishsangizlar.”[39] “Agar (haqiqiy) iymon egalari bo‘lsangizlar, sizlar ustun bo‘lguvchidirsizlar.”[40] “Holbuki, kuch-qudrat Allohnikidir, Uning payg‘ambariniki va mo‘minlarnikidir. Lekin munofiqlar (buni) bilmaydilar.”[41] “Elchilarimiz va ishonib suyanganlarga, ham dunyo hayotida hamda govohlar keltiriladigan kunda albatta yordam beramiz.”[42]

10) Qur’onga amal qilmaganlarning jazosi

“Biz nozil qilgan hujjatlar va hidoyatdan iborat (Muhammadning haq payg‘ambar ekanligi haqidagi) narsalarni odamlarga Kitobda (Tavrotda) ravshan qilib berganimizdan keyin berkitgan kimsalarni shubhasiz Alloh la’natlayadi va la’natlovchi zotlar (farishtalar va mo‘minlar) la’natlashadi.”[43] “Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang – baxtsiz hayot bo‘ladi va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holda tiriltiramiz”. U: “Parvardigorim, nega meni ko‘r qilib tiriltirding, axir ko‘rar edim-ku”, degan edi, (Alloh) aytdi: “Shunday. Senga Bizning oyatlarimiz kelganida ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday unutilasan.”[44] “Kimki Rahmonning zikriga (Qur’onga) xira (tushunarsiz deb) qarasa, boshiga bir shaytonni o’rab qo’yamiz. Endi u (shayton), uning yaqin do’sti bo’ladi. Ular bu kabilarni yo’ldan adashtiradilar, ammo ular (Qur’ondan uzoq bo’lib shaytonga yaqin bo’lganlar) o’zlarini to’g’ri yo’ldamiz deb o’ylaydilar.”[45]

 

Anas Olimo’g’li

[1] Isro 17/9.

[2] Fussilat 41/41-42.

[3] Toriq 86/13-14.

[4] Yunus 12/111.

[5] Baqara 2/185.

[6]  Viqea 56/77.

[7]  Buruj 85/21.

[8]  Yasin 36/69.

[9]  Josiya 45/20.

[10] Sod 38/29.

[11]  Qomar 54/17, 22, 32, 40.

[12]   Nahl 16/89.

[13]  Inson 76/23.

[14]  Shuro 42/7.

[15] Najm 53/1, 12.

[16] Baqara 2/23-24.

[17]  Hud 11/13.

[18] Isro 17/88.

[19] Niso 4/82.

[20] Muhammad 47/24.

[21] Hadid 57/16.

[22] Moida 5/67.

[23] Oli Imron 3/20, Ra’d 13/40, Nahl 16/80, Shuvro 42/48.

[24] Moida 5/99, Nur 24/54, Ankabut 29/18.

[25] Moida 5/92, Tag’obun 64/12.

[26] An’om 6/196, Yunus 10/109, Ahzob 33/2.

[27] Zuxruf 43/43.

[28]  Qof 50/45.

[29] An’om 6/50, A’rof 7/203, Yunus 10/15, Ahqof 46/9.

[30] Buxoriy, Anbiyo 50, Termiziy Ilm, 13, Doramiy Muqaddima 46, Musnadi Ahmad bin Hambal 3/159, 202, 214.

[31] Sahihi Muslim, Haj19,147-(1218), Abu Dovud, Sunan, Manosik, 1905, Ibn Moja, Sunan, Manosik 84 (3074).

[32] A’rof 7/3, Zumar 39/55.

[33] Oli Imron 3/103. Oyatning matnida “Allohning arqonini mahlam ushlanglar” degan igoda keltirilgan. Termizining Sunan Fazoil al-Qur’an 2906, Doramiy Sunan Fazoil al-Qur’an 3374, Bayhaqiy Sha’bu al-Iymon 19/1788, Hokim Mustadrak Fazoil al-Qur’an 7/2040 da keltirilgan hadislarga binoan “Allohning Qur’ononi” deb tarjima qildik.

[34] Isro 17/82.

[35] Zumar 39/23.

[36] Yunus 10/57.

[37] Niso 4/174-175/

[38] Fussilat 41/44.

[39] An’om 6/155.

[40] Oli Imron 3/139.

[41] Munofiqun 63/8.

[42] G’ofir 40/51.

[43] Baqara 2/159.

[44] Toha 20/124,126.

[45] Zuhruf 43/36-39.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
293 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qorniga olov to’ldirilib azoblanadiganlar 01.09.2018 478
2 Kitob va Hikmat (Qur’on va Hikmat) tushunchasi 30.07.2018 522
3 Qur’ondan ko’r, kar va o’lik bo’lib olganlarga so’z hayf 26.07.2018 276
4 Din aql ishi emas degan gapga Qur’on nima deydi? 25.06.2018 341
5 Qur’onga ko’ra nabiy va nabiy bo’lgan rosul 12.06.2018 392
6 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 235
7 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 296
8 Qur’on o’qishni bilmaganlar qiyomatda Qur’ondan javobgarlikka tortilmaydimi? 09.06.2018 416
9 Alloh taolo qiyomat kuni Muhammad alayhissalom va uning ummatidan Qur’on haqida savolga tutadi 09.06.2018 260
10 Qur’on o’rganamiz 08.06.2018 293
11 Qur’onni o’zgartirishga Rasulullohni vakolati va haqqi bo’lganmi? 08.06.2018 231
12 Qur’onni mahkam ushlang! 08.06.2018 214
13 O’liklar Qur’onni eshitishmaydi 08.06.2018 229
14 O’lganlarga Qur’on o’qish 08.06.2018 301