“Men Musulmonman!” deyish yetmaydimi?
Musulmonlar > Fatvolar > Qur'on va Musulmonlar Tarix: 08 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Namozxon insonlarning ko’pchiligi, o’zlarini turli nomlar (salafiy, hizbiy, jundiy, shofeiy, so’fiy, ash’ariy, shiiy, mavlaviy sh. k.) bilan nomlab, o’sha nom bilan faxrlanishadi va o’sha nom ostidagi diniy tashkilot va jamoalarni kengaytirishga va tarafdor yig’ishga urinishadi. Alloh o’z kitobida bu haqda xabar berganmi? Islom diniga mansub kishilarga xos bir ism bormi Qur’onda?

Javob: Ha, albatta xabar bergan. Alloh taolo O’z Kitobida Allohga ich-ichidan ishonib suyangan va yaxshi ishlar bilan mashg’ul bo’lgan insonlarga juda ham chiroyli nom berib, ularni Qur’onda ham va avvalgi kitoblarda ham “Musulmonlar” deb atagan. Musulmonman degan bir inson uchun bundan boshqa nomni yoki laqabni o’ziga nisbat berishi mumkin emas. Din nuqtai nazaridan Alloh nomlagan nom bilan kifoyalansin. Shunda Musulmonlarni bir-biridan ayrib-bo’lib, firqa-firqa qilib, bir-biriga dushman qilib qo’yolmaydilar. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

 يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اتَّقُواْ اللّهَ حَقَّ تُقَاتِهِ وَلاَ تَمُوتُنَّ إِلاَّ وَأَنتُم مُّسْلِمُونَ

“Ey mo‘minlar, Allohga munosib ravishda taqvo qilinglar va so’ngi nafasingizgacha musulmon bo’lib qolinglar!” (Oli Imron 3/102)

وَجَاهِدُوا فِي اللَّهِ حَقَّ جِهَادِهِ هُوَ اجْتَبَاكُمْ وَمَا جَعَلَ عَلَيْكُمْ فِي الدِّينِ مِنْ حَرَجٍ مِّلَّةَ أَبِيكُمْ إِبْرَاهِيمَ هُوَ سَمَّاكُمُ الْمُسْلِمينَ مِن قَبْلُ وَفِي هَذَا لِيَكُونَ الرَّسُولُ شَهِيدًا عَلَيْكُمْ وَتَكُونُوا شُهَدَاء عَلَى النَّاسِ فَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ وَاعْتَصِمُوا بِاللَّهِ هُوَ مَوْلَاكُمْ فَنِعْمَ الْمَوْلَى وَنِعْمَ النَّصِيرُ

“Alloh yo’lidagi kerakli kuch va g’ayratni ko’rsatinglar. Sizlarga imkoniyat bergan Udir. Bu dinda sizlarga hech qanday og’ir ish taklif qilmadi. Bu – Otangiz Ibrohimning dinidir. Elchisi sizlarga o’rnak bo’lishi va sizlar ham insonlarga o’rkan bo’lishlaring uchun Alloh sizlarni bu va bundan avvalgi kitoblarda “Musulmonlar” deb nomladi.  Namozni to’liq ado etinglar, zakotni beringlar va Allohga yopishinglar. U sizlarni Egangizdir. U qanday yaxshi Ega va qanday yaxshi Yordamchidir.” (Haj 22/78)

Har qanday o’zini musulmon deb bilgan kishi, dini Islom bo’lgani uchun, o’ziga musulmon degan nomdan boshqa diniy nomni munosib ko’rmashi kerak. musulmonligdan maqsad; isnon bo’lib tug’ilgan har kim insoniycha yashab o’tishi va o’z yaratilish fitratini-tabiatini buzmay yashashidir. Din bu fitratdir, asl yaratilishdagi tabiatidir. 

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
212 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Maxfiy Ilmlar, Ilmi Ladun (Tariqatchilikka Nazar 18- bo’lim) 26.04.2019 240
2 Assalomu alaykum… 03.02.2019 371
3 Qur’onni tushunishda ijtihodning ahamiyati qanday? 16.01.2019 298
4 Isro va Meroj 19.11.2018 545
5 Hayzli ayollarni ro’zasi 01.11.2018 673
6 Qur’onga ko’ra 3 qoidani buzmaguncha hech kimga adovat qilib bo’lmaydi 10.09.2018 390
7 G’ayridinlar o’rtasidagi munosabatlar 18.08.2018 498
8 Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar 12.08.2018 360
9 Musulmonga musulmondan boshqasi yaqin va ishonchli do’st bo’la oladimi? 28.07.2018 302
10 Diniy javobgarlik qachon boshlanadi? ​(lotin/кирил)​ 23.07.2018 307
11 Muhammad alayhissalomning ummatiga qoldirgan merosi 22.07.2018 265
12 Qur’onni o’rganish va uni o’rgatish 22.07.2018 243
13 Nafs tarbiyasi uchun halol narsalardan voz kechish shartmi? 21.07.2018 218
14 Ikki musulmonning tavhid haqidagi bahsi 29.06.2018 293
15 Musulmonning oiladagi odob-axloqi 29.06.2018 218
16 “Sizlar uchun Rosulullohda o’rnak bordir” oyatni qanday tushunamiz? 26.06.2018 211
17 Qur’onda Musulmonni kimlar bilan birga o’tirishi taqiqlangan ? 26.06.2018 227
18 Din aql ishi emas degan gapga Qur’on nima deydi? 25.06.2018 341
19 Qur’onga ko’ra “avliyo” 25.06.2018 315
20 Alloh uchun yaxshi ko’rish va Alloh uchun yomon ko’rish nima degani? 25.06.2018 702
21 Qur’onni tahrif qilinishi yohud shirkka ochib berilgan eshik 13.06.2018 302
22 Tahoratsiz Qur’on o’qisa bo’ladimi? (Qo’shimcha qilindi) 10.06.2018 1 194
23 Allohga noto’g’ri tavakkal qilish (To’g’ri deb bilingan xatolarimizdan biri) 09.06.2018 598
24 Dinda firqalanmaslik va bir bo’lib Qur’onni mahkam ushlashlik 09.06.2018 322
25 “Men Musulmonman!” deyish yetmaydimi? 08.06.2018 212
26 Hikmat nima o’zi? 08.06.2018 267