Musulmonlarni jahannamga kirishiga asosan nima sabab bo’ladi?
Musulmonlar > Fatvolar > Namoz > Qiyomat kuni Tarix: 08 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Musulmonlarni jahannamga kirishiga sabab bo’ladigan eng asosiy ish nima?

Javob: Musulmonlarni jahannamga kirishiga sabab bo’lgan ishlardan eng birinchisi namoz o’qimasligidir. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“(Do‘zax ahliga): “Sizlarni nima Saqor (jahannamiga) kirgizdi?” (deganlarida), ular: “Bizlar namoz o‘qiguvchilardan bo‘lmadik. Chorasizlarga taom berguvchi ham bo‘lmadik. Bizlar behuda narsalarga  sho‘ng‘iguvchi kimsalar bilan birga sho‘ng‘ir edik. To bizlarga aniq o’lim kelgunicha bizlar Qiyomat kunini yolg‘onga chiqarar edik.” (Muddassir 74/42-47)

“Bas, yuzingizni to’ppa-to‘g‘ri bu dinga buring; Allohning yaratgan fitratiga-ki, insonlarni u fitratga ko’ra yaratdi. Allohning yaratganini o’rnini bosadigan narsa  yo’qdir. Mana shu eng to’g’ri dindur. Lekin insonlarning ko’pchiligi bilmaydilar. Unga yuzlangan kishilar bo’linglar va Undan qo‘rqib o’zingizni himoya qilinglar. Namozni to‘liq ado qilinglar va mushriklardan/Allohni ikkinchi o’ringa qo’yguvchilardan bo‘lmanglar!” (Rum 30/31)

Eng oxirgi oyatda, “namozni to’liq ado qilinglar va mushriklardan bo’lmanglar” deb, shirkni benamozlik bilan bir joyda keltirishi, benamozlik shirkka eng yaqin gunoh ekanini bildiradi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
170 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qorniga olov to’ldirilib azoblanadiganlar 01.09.2018 375
2 Noto’g’ri shafoat ishonchi 13.06.2018 127
3 Vositachi va shirkka kirib qolganlarning qiyomatdagi ahvoli 11.06.2018 134
4 Qur’on o’qishni bilmaganlar qiyomatda Qur’ondan javobgarlikka tortilmaydimi? 09.06.2018 312
5 Musulmonlarni jahannamga kirishiga asosan nima sabab bo’ladi? 08.06.2018 170