Qur’onni o’zgartirishga Rasulullohni vakolati va haqqi bo’lganmi?
Musulmonlar > Fatvolar > Muhammad alayhissalom > Qur'oni Karim Tarix: 08 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Muhammad alayhissalom Qur’on oyatlaridan birontasini o’zgartirishi yoki, uning hukmini o’zgartirishi yoki, Qur’onda bo’lmagan bironta yangi diniy hukm paydo qilishi mumkinmidi? Bunga uni haqqi bormidi?

Javob: Aslo yo’q. Bu haqda Alloh taolo u kishini qattiq ogohlantirgan. Bu haqdagi oyatlar quyidagicha:

وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ آيَاتُنَا بَيِّنَاتٍ ۙ قَالَ الَّذِينَ لَا يَرْجُونَ لِقَاءَنَا ائْتِ بِقُرْآنٍ غَيْرِ هَـٰذَا أَوْ بَدِّلْهُ ۚ قُلْ مَا يَكُونُ لِي أَنْ أُبَدِّلَهُ مِن تِلْقَاءِ نَفْسِي ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰ إِلَيَّ ۖ إِنِّي أَخَافُ إِنْ عَصَيْتُ رَبِّي عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ 

“Qachon ularga  Bizning ochiq ravshan oyatlarimiz tilovat qilinsa, Bizga ro‘baro‘ bo‘lishni umid qilmaydigan kimsalar: “Bu Qur’ondan boshqa bir Qur’on keltirgin yoki buni o‘zgartirgin”, dedilar. Ayting: “O’zboshimchalik qilib uni o’zgartirishga meni haqqim yo’q. Men faqat o‘zimga vahiy qilingan oyatlargagina ergashaman. Chunki, men agar Rabbimga isyon qilsam, ulug‘ Kunning azobidan qo‘rqaman.  (Yunus 10/15)

فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ افْتَرَىٰ عَلَى اللَّـهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِآيَاتِهِ ۚ إِنَّهُ لَا يُفْلِحُ الْمُجْرِمُونَ 

“Axir Alloh sha’niga bo‘hton qilgan yoki, Uning oyatlarini yolg‘on degan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Albatta, unday jinoyatchilarni najot topmasligi aniq.” (Yunus 10/17)

وَلَوْ تَقَوَّلَ عَلَيْنَا بَعْضَ الْأَقَاوِيلِ ﴿٤٤ لَأَخَذْنَا مِنْهُ بِالْيَمِينِ ﴿٤٥ ثُمَّ لَقَطَعْنَا مِنْهُ الْوَتِينَ ﴿٤٦ فَمَا مِنكُم مِّنْ أَحَدٍ عَنْهُ حَاجِزِينَ﴿٤٧

“Agar Muhammad, biz haqimizda ba’zi gaplarni  uydirib gapirganda edi, uni qattiq ushlar edik, so’ngra shoxtomirini uzib tashlar edik. Oralaringizdan hech kim uni qutqarib qololmas edi.” (Haqqo 69/44-47)

Alloh taoloni bu qadar ochiq va keskin oyatlari bo’la turib, din haqida va Qur’on haqida haddan oshishlik Qur’onni yolg’onga chiqarib, Muahammad alayhissalomni esa ilohlashtirishga urinish bo’lib qoladi.

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
164 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Qorniga olov to’ldirilib azoblanadiganlar 01.09.2018 375
2 Kitob va Hikmat tushunchasi 30.07.2018 351
3 Qur’ondan ko’r, kar va o’lik bo’lib olganlarga so’z hayf 26.07.2018 185
4 Din aql ishi emas degan gapga Qur’on nima deydi? 25.06.2018 241
5 Qur’onga ko’ra nabiy va nabiy bo’lgan rosul 12.06.2018 273
6 Vositachi iloh (xudo) istaganlar 11.06.2018 160
7 Shaytonning shirk tuzog’i va unga yetaklovchi yo’llar 09.06.2018 210
8 Qur’on o’qishni bilmaganlar qiyomatda Qur’ondan javobgarlikka tortilmaydimi? 09.06.2018 312
9 Alloh taolo qiyomat kuni, Muhammad alayhissalom va uning ummatidan Qur’on haqida savolga tutadi 09.06.2018 156
10 Qur’on o’rganamiz 08.06.2018 163
11 Qur’onni o’zgartirishga Rasulullohni vakolati va haqqi bo’lganmi? 08.06.2018 164
12 Muhammad alayhissalomning shikoyati 08.06.2018 153
13 Qur’onni mahkam ushlang! 08.06.2018 108
14 O’liklar Qur’onni eshitismaydi 08.06.2018 142
15 O’lganlarga Qur’on o’qish 08.06.2018 156