Jum’a namozi Qur’onda aytilganmi? U ayollarga ham farzmi?
Musulmonlar > Fatvolar > Namoz Tarix: 08 Iyun 2018 Email This Post Email This Post

Savol: Qur’onda Jum’a namozi haqida aytilganmi?

Javob: Ha, Jum’a surasining 9-10 oyatlarida Jum’a namozi haqida shunday bayon qilingan.

“Ey mo‘minlar, Jum’a kungi namozga chaqirilganda, darhol Allohning zikriga boringlar va oldi-sotdini to’xtatinglar! Agar bilsangizlar, mana shu (ya’ni Allohning zikriga va Jum’a namozini o‘qishga shoshilish) o‘zlaringiz uchun yaxshiroqdir. Namoz ado qilingach, tarqalinglar va Allohning fazlu marhamatidan istayveringlar. Allohni ko‘p zikr qilinglarki, shoyad najot topasizlar.” (Jum’a 62/9-10)

Ushbu oyatda erkak-ayol ajratilmagan. Payg’ambar alayhissalom davrida ayollar ham Jum’a namoziga va har ikkala bayram namozlariga ham kelishgan. Keyinchalik ayollarni masjidlardan ba’zi bir kishilar to’sa boshlashgan. Bunga – ayollar erlarini xizmatlari bilam mashg’ul ekanini sabab qilishgan. Lekin, bozorga, ma’rakalarga, to’y-marosimlarga, ta’ziyalarga, mavlidlarga, ehsonlarga, 40-51, 72 va yil marosimlariga va bulardan boshqa har qanday marosim tadbirlarga borishdan man qilmagan. Bu joylarga borayotgan ayollarning barchasi bevami? Yoki yuqorida aytib o’tilgan narsalar Alloh farz qilgan Jum’a va bayram namozlaridan ham zarur va savoblimi?

Ba’zi kishilar esa bunga javoban: Ayollarni masjidlarga borishi fitna bo’ladi deydi. Agar ularga qo’yib bersa, shaharni qoq o’rtasiga baland devor urib ayollarni boshqa tomonga erkaklarni boshqa tomonga ajratib yuborishadi. Shuni unutmaylikki, qo’limizdagi mol-mulklarimiz ham, ahli-ayol va farzandlarimiz ham fitnadir, ya’ni imtihon uchun berilgan omonat va ne’matlardir.

Allohning uyidan mo’min va mo’minalarni to’sish, masjidlarda Allohni zikriga mone’ bo’lishdan ko’ra kattaroq fitna bormi?!

Facebookta UlashishTwitterda Ulashish
197 O'qildi
 
Aloqador yoki o'xshash fatvolar
Raqam     Mavzu Tarix    O'qildi    
1 Sunnat namozlarni masjidda o’qish yaxshimi yoki uydami? 06.07.2019 101
2 Uzrsiz holda namozlarni yolg’iz o’qisam bo’ladimi? 05.07.2019 102
3 Namozni buzadigan amallar 01.07.2019 120
4 Azon aytilganda nima qilish kerak? 02.06.2019 129
5 Bosh yalang namoz o’qish gunohmi? 19.03.2019 668
6 Masjidga kirganda ikki rakaat namoz o’qimasdan o’tirib bo’lmaydimi? 03.03.2019 504
7 Tahajjud namozi qachon o’qiladi? 03.03.2019 4 449
8 Tashahhuddagi salom va duolarning ma’no va mohiyatlari 13.02.2019 302
9 Namozda niyat tilda bo’ladimi yoki dildami? 11.02.2019 432
10 Namozda hushu qanday bo’ladi? 03.01.2019 263
11 Hamma bilgan o’sha namoz 18.10.2018 336
12 Qur’onda namoz vaqtlari 17.10.2018 936
13 Avtobus, poyezd, samolyot va shu kabi ulovlarda namoz oʻqisa boʻladimi? 04.09.2018 284
14 Qur’ondagi namozga aloqador oyatlar 12.08.2018 268
15 Namoz avvalgi ummatlarga ham farz qilinganmidi? 25.06.2018 200
16 Musofir kishi namozlarini 4 rak’at qilib o’qisa bo’ladimi? 18.06.2018 224
17 Ramazon va Qurbon bayramlari farzmi yoki sunnatmi? 18.06.2018 211
18 Be namozning qilgan yaxshi ishlari qabul bo’lmaydimi? 18.06.2018 247
19 Musulmonlarni jahannamga kirishiga asosan nima sabab bo’ladi? 08.06.2018 214
20 Xufton namozining vaqti qachon tugaydi? 08.06.2018 831
21 Qur’onda tahajjud namozi haqida aytilganmi? 08.06.2018 1 649
22 Namoz vaqtlari (Qur’onga ko’ra) 08.06.2018 251
23 Jum’a namozi Qur’onda aytilganmi? U ayollarga ham farzmi? 08.06.2018 197
24 Azon haqida Qur’onda aytilganmi? 08.06.2018 229