Musulmonlar

Nasiya savdo sababli yuzaga kelgan qarzini vaqtida bermasa qanday olaman?

Savol: Vaqti-vaqti bilan biz o’z mijozlarimizga turli tovarlarni belgilangan muddat ichida to’lash sharti bilan nasiyaga sotamiz. Garchi ba’zi mijozlarimiz qarzlarini 2-3 oy ichida to’lashini aytsa-da, ba’zan aytilgan vaqtda to’lamaydilar. Oradan 6 oy yoki bir yil kechikib ham qoladi. Bu tarzda biz qarzdorni topib, undan qarzimizni undirish choralarini ko’ra boshlaymiz. Shunda biz tovarlarning hozirgi qiymatinimi yoki o’sha odamga sotgan vaqtdagi qiymatini olamizmi?

Javob: Agar siz sotgan mollar temir, tsement, choy va shular kabi qiymati siz tomondan emas, balki ichki bozorda belgilanadigan tovarlar turiga kirsa, bu holatda qarzdordan haqingizni to’layotgan kundagi qiymatida olishingiz mumkin.

Agar siz sotgan narsa bunday tovarlar turiga kirmasa, unda qarzdordan qarzini to’lashi kerak bo’lgan ilk kundan to to’layotgan kuni o’rtasidagi inflatsiyaning farqini ham talab qilishingiz mumkin.

Add comment

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: