Musulmonlar

Kechiktirilgan qarz qaysi qiymatda to’lanadi?

Savol: Men chorva hayvonlarga beriladigan yem sotish bilan shug’ullanaman. Men bir mijozimga 10 qop yemni 100.000 (yuz ming) so’mga qarzga sotib, uni qarz daftarimga yozib qo’yganman. Mijozim qarzini vaqtidan bir yil kechiktirib berdi. Endi u menga daftarda yozilgan 100.000 so’m beradimi yoki to’layotgan kundagi 10 qop yemni qiymatini beradimi?

Javob: Savdo bitib, sotilgan tovar taslim qilinganida xaridorning qarzi kelishilganidek 100.000 so’m deb belgilanadi. Agar qarzdor qarzini belgilangan muddatidan kechiktirib bersa va kechiktirilgan muddat ichida to’lanadigan qarz miqdori o’z qiymatini yo’qotgan bo’lsa, u taqdirda to’lashi kerak bo’lgan kundan boshlab 100.000 so’mdagi qadrsizlashgan miqdorini qarzdordan talab qilishingiz mumkin. Lekin siz sotgan mol turlarini ichki bozor emas, balki o’zingiz belgilaydigan tovar qismiga kirishi kerak. Shundagina siz undan o’rtadagi inflatsiyani talab qilishingiz mumkin bo’ladi. Chunki siz unga 100.000 so’m qarz bermagansiz, balki unga o’zingizga tegishli bir tovar sotgansiz va undan uni qiymatiga teng narsa olishga rozi bo’lgansiz. Bundan boshqa undan hech narsa talab qila olmaysiz.

Yahyo Sheno’l 

Add comment

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: