Musulmonlar

Bilmay odam o‘ldirib qo‘ygani uchun avvallari qancha va qanday xun to‘lashgan?

Savol: Bilmasdan odam o‘ldirib qo‘ygani uchun avvallari Musulmonlar qancha va qanday xun to‘lashgan?

Javob: Bilmasdan/xato qilib bir mo‘minni o‘ldirib qo‘ygan kishi o‘ldirilgan mo‘minning oila-a’zolariga xun to‘lashligi haqidagi oyat quyidagicha:

“Bir mo‘min boshqa bir mo‘minni o‘ldirishga hech qanday haqi yo‘q; bilmagan – xato qilgan holda o‘ldirib qo‘ysa bu boshqa. Kimki bir mo‘minni bilmasdan – xato qilgan holda oldirib qo‘ysa, bir mo‘min asirni ozodlikka erishtirishi va o‘ldirilgan kishini oilasiga xun to‘lashi kerak; o‘ldirilgan kishining oilasi kechib yuborsa, xun to‘lamasa ham bo‘ladi. Agar o‘ldirilgan mo‘min sizlarga dushman bo‘lgan qavmdan bo‘lsa, unda bitta mo‘min asirni ozodlikka erishtirish kerak. Agar o‘ldirilgan kishi orangizda kelishuv bo‘lgan qavmdan bo‘lsa, unda, uning oilasiga xun to‘lashi va bitta mo‘min asirni ozodlikka erishtirishi kerak. Kim asir topa olmasa, Alloh tarafidan uni tavbasi qabul qilinishi uchun ikki oy ketma-ket ro‘za tutishi kerak. Alloh bilib turuvchi, to‘g‘ri qaror beruvchidir.” (Niso 4/92)

Bilmasdan odam o‘ldirib qo‘ygan kishi to‘lashi kerak bo‘lgan xunni miqdori 5 xil tuyadan 20 donadan, umumiy hisobda 100 ta tuya deb belgilangan. 5 xil tuya shulardan iborat:

  1. Binti mahoz: 2 yoshga to‘lgan, urg‘ochi tuya: 20 dona
  2. Binti ladun: 3 yoshga to‘lgan urg‘ochi tuya: 20 dona
  3. Hiqqa: 4 yoshga to‘lgan urg‘ochi tuya: 20 dona
  4. Jazaa: 5 yoshga to‘lgan urg‘ochi tuya: 20 dona
  5. Ibn mahoz: 2 yoshga to‘lgan erkak tuya: 20 dona

Bugungi kunimizda bu 100 (yuz) dona tuyani qiymati aniqlanadi va o‘ldirilgan mo‘min kishining oilasiga to‘lanadi. Bundan tashqari 2 oy ketma-ket tavba ro‘zasi tutishi kerak.

Payg‘ambar alayhissalom davrida bularning qiymati 1.000 dinor, ya’ni 4.350 gr. oltin bo‘lgan ekan. Shu sababli fiqh kitoblarida xun o‘laroq 1.000 dinor to‘lash yetarli deb aytilgan. Buni 3 yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashi kerak.

 

Yahyo Sheno‘l

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: