Musulmonlar
Firqalanmasdan birlashishlik va birodarlik rahmatdir

Firqalanmasdan birlashishlik va birodarlik rahmatdir

 عَنِ النُّعْمَانِ بْنِ بَشِيرٍ، قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَلَى الْمِنْبَرِ:  « مَنْ لَمْ يَشْكُرِ الْقَلِيلَ، لَمْ يَشْكُرِ الْكَثِيرَ، وَمَنْ لَمْ يَشْكُرِ »النَّاسَ، لَمْ يَشْكُرِ اللهَ. التَّحَدُّثُ بِنِعْمَةِ اللهِ شُكْرٌ، وَتَرْكُهَا كُفْرٌ، وَالْجَمَاعَةُ رَحْمَةٌ، وَالْفُرْقَةُ عَذَابٌ

 قوله: “والجماعة”. أي: الاتفاق والاجتماع على الأمر حتى يكونوا كلهم جماعة واحدة، وظاهرُ هذا خلافُ ما اشتهر في ألسنة الناس: “اختلاف أمتى رحمة” مع أنه حديث لم يعرف من خرَّجه بذلك اللفظ

Bashir o’g’li No’mondan rivoyat qilinadi: Nabiy alayhissalom minbarda turib shunday dedi: “Oziga shukr qilmagan – ko’piga ham shukr qilmaydi. Insonlarga minnatdorchilik bildirmagan – Allohni bergan ne’matlarini qadriga yetmaydi. Allohning ne’matidan chiroylik foydalanish shukrdir, uni tark etish esa nonko’rlikdir. Birlashishlik rahmat/yaxshilikdir, ayrilish/bo’linishlik esa azobdir/davomli qiynoqdir.” (Musnad Imom Ahmad, 18449)

(الجماعة kalimasi – ittifoq etish, hammasi bir bo’lib bir ish ustida to’planish, birlashish ma’nosini anglatadi. Buning ochiqcha ma’nosi – insonlarning tillarida juda mashhur bo’lgan “Ummatimning ixtilofi rahmatdir” degan so’zga qarshidir. Chunki, “Ummatimning ixtilofi rahmatdir” deb mashhur bo’lib va hadis deb bilingan so’z, bunday lafz bilan kim tarafidan rivoyat qilingani ham ma’lum emas.)

 

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: