Musulmonlar
Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar)

Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish xatosi (Hristianlik va Islomdan o’rnaklar)

Inson so’zini Allohning so’zi bilan tenglashtirish 

Injil – Alloh taoloning Iso alayhissalomga bergan kitobidir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

وَلْيَحْكُمْ أَهْلُ الإِنجِيلِ بِمَا أَنزَلَ اللّهُ فِيهِ وَمَن لَّمْ يَحْكُم بِمَا أَنزَلَ اللّهُ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ

“Injilni bilganlar, Alloh taoloni u kitobda nozil qilgan narsasi bilan hukm qilsinlar. Kimki Alloh nozil qilgan narsaga ko’ra hukm qilmasa, ular fosiqdirlar.” (Moida 5/47)
Ammo, hozirda qo’limizdagi Injilga insonning so’zi qo’shilgan, Undagi so’zlarning ko’p qismi Pavlosning,  bir qismi havoriylarning va kim ekani noma’lum shaxslarning maktublaridan tashkil topgan. Katoliklarga ko’ra, Injillar butun bo’limlari bilan to’laligicha muqaddas va cherkov qonunlariga mosdir. Muqaddas Ruhning vahyi orqali yozilganlarning yozuvchisi Allohdir.[1] Alloh, Cherkov bilan suhbat qurishda davom etmoqda. Cherkov, Injilning jonli ovozidir.[2]

Qur’on esa, – Alloh taolo Muhammad alayhissalomga yuborgan kitobdir va u eng so’ngi kitobdir. Unga insoning so’zi kiritilmagan. Chunki, uni himoya qilishni shaxsan Allohniing o’zi zimmasiga olgan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا الذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُ لَحَافِظُونَ

“U Zikrni (Qur’onni) biz tushurdik. Uni saqlab-himoya qilguvchi ham bizmiz.” (Hijr 15/9)

Millionlab Musulmonlar yodlab olgan, son-sanoqsiz nusxalari bo’lgan bir kitobga, bironta ham qo’shimcha kiritishni aslo ilojisi bo’lmagani tufayli, dinni o’zlariga moslashtirmoqchi bo’lganlar, u kitobni hayotdan tashqariga chiqarishga va uni o’rniga boshqa kitoblar kirgizishni boshladilar va bu ishni o’z jamoatlari ichida amalga oshira oldilar.  Masalan, Nurchilarga ko’ra: Risolai Nur bu asrda Qur’onning eng buyuk va eng muqaddas tafsiridir. Bildirgan haqiqatlari samodan tushgan, Qur’onga oid. Qur’on o’qilganda u ham o’qiladi.[3]
Said Nursi shunday deydi: “Qur’onning sirli haqiqatlari Risolai Nur bilan birgalikda bizga nozil qilinadi. …Payg’ambar davrida Qur’onni nozil bo’lishi kabi, har arsda Qur’onning arshdagi joyidan va ma’naviy mo’jizasidan fayz va ilhom yo’li orqali, uing sirli haqiqatlari va haqiqatlarining qat’iy dalillari nozil qilinmoqda.”[4]
Ya’ni Risolai Nur, Qur’on nozil qilingan joydan huddi Qur’on nozil qilingandek nozil qilingan bo’lib, Qur’onda sirli bo’lib qolgan haqiqatlarni va u haqiqatlarning dalillarini Said Nursiga olib kelgan bo’lib chiqmoqda. Nurchilarga ko’ra, u – ilmga ega chiqish uchun biron bir qiyinchilik uchramasdan va dars olish mashaqqatiga ehtiyoj his qilmasdan o’z-o’zicha nurlangan va olim bo’lgandir[5].
Bu so’zlar bir nabiylikni ta’rif qilmoqda. Said Nursini Qur’onda ochiqlanmagan haqiqatlarni unga nozil qilinganini aytishi esa, o’z kitobini Qur’ondan ham muhimroq ekanini da’vosidan boshqa narsa emas albatta.
Alloh taolo shunday marhamt qiladi:

يَا أَيُّهَا الرَّسُولُ بَلِّغْ مَا أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ وَإِن لَّمْ تَفْعَلْ فَمَا بَلَّغْتَ رِسَالَتَهُ وَاللّهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ إِنَّ اللّهَ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الْكَافِرِينَ

“Ey Elchi! Robbingdan senga nima nozil qilingan bo’lsa aynan o’shani tablig’ qil. Agar tablig’ qilmasang vazifangni bajargan bo’lmaysan. Alloh seni insonlardan himoya qiladi. Alloh taolo kofirlar jamoasini yo’lga keltirmaydi.”    (Moida 5/6)

Said Nursi da’vo qilgan narsalar, agar Nabiyyimizga bilinganda edi, ularni ochiqlashga majbur bo’lar edi. Bundan kelib chiqadiki, u da’vo qilgan narsalar, faqaqtgina o’ziga bildirilgan bo’lishi kerak.
Risolai Nurni Qur’on olingan yerdan olingan da’vosi bir necha marta takrorlangan. Ulardan biri shudir:
“Risolai Nurlar – na Sharqning madaniyatidan va na ilmlaridan va na G’arbning falsafa va bilimlaridan olingandir, balki iqtibos qilingan bir nurdir. U – samodan tushgan Qur’onning – Sharqning ham Garqning ham ustida bo’lgan Arshdagi joyidan olingandir.”[6]
Said Nursi bundan ham oshirib shunday deydi:
“Risolai Nur deyilgan 33 ta so’z, 33 ta maktub, 31 ta lam’alar bu zamonda Qur’ondagi oyatlarnng oyatlaridir. Ya’ni, uning haqiqatlarini ochiqlovchidir. Uning haq va haqiqat ekanini qat’iy qalilidir.”[7] Demak-ki Qur’on – Tavrot va Injilni qanday tasdiq qilgan bo’lsa, Said Nursining bu da’vosiga ko’ra Risolai Nur ham Qur’onni tasdiq qilguvchi bir kitobdir. Bu sabali Risolai Nurning oyatlari Qur’on oyatlarining dalili bo’lgan.
Said Nursi yolg’iz qolish uchun Hazrati Aliga ham Sakıyna nomli bir kitob nozil qilinganini, o’tmish va kelajakning butun sirlari u kitobda ekani va unda Risolai Nurlarga ishorat etilganini ham da’vo qiladi[8] va xulosa qilib shunday deydi:
“Hazrati Jabroil, Sakiyna nomli bir sahiyfada yozilgan ismi a’zamni Nabiyyimizning yonida Hz. Alining (r.a) quchog’iga tushurdi. Hz Ali “Ismi A’zam haqida ba’zi narsalarni ochiqlagandan so’ng shunday deydi:
“Dunyo boshlanganidan to qiyomatgacha bo’lgan ilmlar va muhim sirlaning guvohi bo’ldik. (oydek ravshan bo’ldi) Kim nima xohlasa so’rasin, so’zimizga shubha qilganlar xor bo’ladi.”[9]

Bir o’ylanib ko’ring… Shunday bir sahiyfamish-ki, ichida dunyoning boshidan oxirigacha bo’lgan barcha ilmlar va muhim sirlar mujassam bo’lsa-ya? Bu bir sahiyfa emas, Juda ham katta kitob bo’ladi. Jabroiyl alayhissalom Hazrati Aliga bunday bir kitob berganini qabul qilish – uni Nabiy deb bilish bilan barobardir. U kitobning ichida bor deb hisoblangan ilm va sirlarni, Nabiyyimiz bilmagan deb aytilgani uchun ham Hz Alini undanda yuqori bir martabaga olib chiqish bo’ladi.
Bu kabi  da’volar haqida Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ يَكْتُبُونَ الْكِتَابَ بِأَيْدِيهِمْ ثُمَّ يَقُولُونَ هَذَا مِنْ عِندِ اللّهِ لِيَشْتَرُواْ بِهِ ثَمَناً قَلِيلاً فَوَيْلٌ لَّهُم مِّمَّا كَتَبَتْ أَيْدِيهِمْ وَوَيْلٌ لَّهُمْ مِّمَّا يَكْسِبُونَ

“O’z qo’llari bilan bir kitob yozib, so’ngra uni o’tkinchi bir matoh uchun “Bu Allohning huzuridandir” deganlarni holiga voy. Ham yozganligi tufayli va ham qozongan narsalari tufayli ularga vayl bo’lsin. (tortadiganini tortadi, ko’radiganini ko’radi)” (Baqara 2/79)
Said Nursi Risolai Nurni muqaddas deb bilinishi uchun, aqliga kelgan hamma narsani yozgan. Aytadiki: “Risolai Nur bu asrda va tarixdagi bittayu bitta “urvatul- vusqo”dir. Ya’ni juda mustahkam, uzilmas bir zanjir va bir “hablulloh”, ya’ni Allohnıng ipidir. Unga qo’lini uzatgan va uni mahkam ushlagan panoh topadi.[10]
“Urvatul vusqo” va “hablulloh” Qur’onga xos sifatlardir.[11] Said Nursi o’z kitobi haqida shularni ham yozgan:
“Risolai Nur – ham shariy’at, ham duo, ham hikmat, ham ibodat, ham amr va da’vat, ham zikr, ham fikr, ham haqiqat, ham tasavvuf, ham mantiq, ham kalom ilmi, ham diniy ilm, ham san’atga ahamiyat berish, ham balog’at va hamda vahdoniyatni isbotlovchi kitobdir. U dushmanlarini chorasiz holga olib keladi va ovozini o’chiradi.”[12]
Risolai Nurlarda ko’plab takrorlar bor. Said Nursi bu kabi takrorlar Qur’onda ham borligini ko’rsatib shunday deydi:
“Qur’ondagi takrorlarning hikmati Risolai Nurda ham bordir. Shundayki – har doim ham Qur’on to’laligicha o’qilavermaganidan, har bir sura Qur’on hikmiga kirdi, hashr, tavhid va Muso alayhisalomning hikoyasi kabi mavzular takrorlangandir. Ayni shaklda imonning haqiqatlari va kuchli dalillari mening xabarimsiz, birqancha risolada takrorlangan. Nima uchun bular takroran yozdirildi deb hayron bo’lar edim. So’ngra aniq bildimki – bu zamonda Risolai Nurga hamma muhtoj bo’lgani holda, hamma ham uni to’liq o’qiy olmaydi. Ammo, ehtiyoj tuygan narsalarini kichik bir risolalardan o’qib olishi mumkin.”[13]
Risolai Nurning shogirtlaridan Xulusiy ham Risolalarning kamchilik va xatosiz ekanini da’vo qilmoqda: “So’zlar[14]– Qur’onning nurli yoritqichlaridir. Ochiqlanishga ehtiyojli joylari ham yo’q, kamchiligi ham yo’q,  xullas u – tamomiyla nuqsonsiz va xatosizdir.”[15] Said Nursi bu ifodalarga risolalaridan joy bergan va tanqid qilmagan. Bu holat – Said Nursi va uni taqib qilayotganlar unga qanday munosabatta ekanini ochiqlab bermoqda.
Bu mavzu boshqa bir sababdan yana bir bor o’rtaga qo’yiladi. Bunday afsonaviy, ertaksimon va asossiz gaplarga aslo ishonib bo’lmaydi. Islom dini niqobi ostida tashkillashtirilgan jamoatlarni soxta ekanini va g’oyalarini noto’g’ri yo’lda ekanini bilib olish uchun, eng avvalo Asl va eng to’g’ri dinning egasi bo’lmish Allohning Kitobiga murojaat qilish kerak. Ana shundagiga, bu va bu kabi soxta diniy tashkilotlarning yashirincha Islomga olib kirayotgan sir va ayblari oshkor bo’lib o’rtaga chiqadi.

[1]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par. 105.

[2]     Katolik Cherkovi Din va Ahloq Me’yori, par.79.

[3]     Isharotul-Ijoz, Diyarbakır Sulh Jazo Mahkamasi, j. II, s. 1274.

[4]     Shualar, 1-shua, 24-oyat va oyatlar, 3- Nuqta, j. I, s. 842.

[5]     Shualar, 1- shua,c. I, s. 833.

[6]     Shualar, 1-shua, j. I, s. 833.

[7]     Shualar, 1-shua, 20- oyat ve oyatlar, j. I, s. 841

[8]     Siqqai Tasdiqi G’oybi , Onsekizinci Lem’a, c. II, s. 2078.

[9]     Siqqai Tasdiqi G’oybi, Onsekizinci Lem’a, c. II, s. 2079;

[10]     Said Nursi, Shualar, 11-shua, 11- Masalaning hoshiyasining bir lahikasıdır, a.g.e,c. I, s.

[11]     Mrj. Baqara 2/256; Oli-i Imron 3/103.

[12]     Emirdag’ Lahikası I, c. II, s. 1719.

[13]     Kastamonu Lahikası, 27- Maktub, c. II, s.

[14]     So’zlar, Risolai Nurlarning bir bo’limini tashkil qiladi.

[15]     Barla Lâhikası, 27- Maktub va Zayillari, c. II, s. 1415.

Bizni Kuzating

%d bloggers like this: