Musulmonlar
Jum’a namozi Qur’onda aytilganmi? U ayollarga ham farzmi?

Jum’a namozi Qur’onda aytilganmi? U ayollarga ham farzmi?

Savol: Qur’onda Jum’a namozi haqida aytilganmi?

Javob: Ha, Jum’a surasining 9-10 oyatlarida Jum’a namozi haqida shunday bayon qilingan.

“Ey mo‘minlar, Jum’a kungi namozga chaqirilganda, darhol Allohning zikriga boringlar va oldi-sotdini to’xtatinglar! Agar bilsangizlar, mana shu (ya’ni Allohning zikriga va Jum’a namozini o‘qishga shoshilish) o‘zlaringiz uchun yaxshiroqdir. Namoz ado qilingach, tarqalinglar va Allohning fazlu marhamatidan istayveringlar. Allohni ko‘p zikr qilinglarki, shoyad najot topasizlar.” (Jum’a 62/9-10)

Ushbu oyatda erkak-ayol ajratilmagan. Payg’ambar alayhissalom davrida ayollar ham Jum’a namoziga va har ikkala bayram namozlariga ham kelishgan. Keyinchalik ayollarni masjidlardan ba’zi bir kishilar to’sa boshlashgan. Bunga – ayollar erlarini xizmatlari bilam mashg’ul ekanini sabab qilishgan. Lekin, bozorga, ma’rakalarga, to’y-marosimlarga, ta’ziyalarga, mavlidlarga, ehsonlarga, 40-51, 72 va yil marosimlariga va bulardan boshqa har qanday marosim tadbirlarga borishdan man qilmagan. Bu joylarga borayotgan ayollarning barchasi bevami? Yoki yuqorida aytib o’tilgan narsalar Alloh farz qilgan Jum’a va bayram namozlaridan ham zarur va savoblimi?

Ba’zi kishilar esa bunga javoban: Ayollarni masjidlarga borishi fitna bo’ladi deydi. Agar ularga qo’yib bersa, shaharni qoq o’rtasiga baland devor urib ayollarni boshqa tomonga erkaklarni boshqa tomonga ajratib yuborishadi. Shuni unutmaylikki, qo’limizdagi mol-mulklarimiz ham, ahli-ayol va farzandlarimiz ham fitnadir, ya’ni imtihon uchun berilgan omonat va ne’matlardir.

Allohning uyidan mo’min va mo’minalarni to’sish, masjidlarda Allohni zikriga mone’ bo’lishdan ko’ra kattaroq fitna bormi?!

Bizni Kuzating

%d такие блоггеры, как: